Fernandesh "Siti"ga qarshi o‘yin oldidan: "Raqibdan qo‘rqmasligimizni his qilyapmiz"

  • 14.01.2023 12:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

MYu etakchisi Brunu Fernandesh APL 20-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi bellashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Siz hozir o‘z o‘yini bilan futbolchilar va muxlislarini hammasi joyida ekanligiga ishontirayotgan jamoani ko‘rmoqdasiz. Biz barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonishga qodirmiz. Endi har bir bahs oldidan raqibdan qo‘rqmasligimizni his qilyapmiz. Avval bunday bo‘lmagan.

Ishqibozlar bizga ishonadi. Oldin katta o‘yinlarga yaqin barchamizning miyamizda shunday hissiyotlar bo‘lar edi: "Biz buni uddalay olamizmi?" Ammo hozir muxlislarimiz va jamoaga qarab har qanday raqibga qarshi chiqishga tayyor ekanimizni sezyapmiz",-dedi portugaliyalik pleymeyker.

Tomonlarning birinchi davradagi qarama-qarshiligida "Siti" 6:3 hisobida zafar quchgandi. Bugungi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!