Ferran "Barsa"da qolib, rivojlanishni davom ettirmoqchi

  • 11 avgust, 16:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning ispaniyalik hujumchisi Ferran Torres klubda qolishga qaror qildi. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Torres o‘tgan muvaffaqiyatli mavsumdan so‘ng aynan "Barselona" tarkibida rivojlanishni davom ettirishga e’tiborini qaratmoqda.

Tecno

"Ko‘k-anorranglilar" Torresni 2022 yilda "Manchester Siti"dan sotib olgan edi. Biroq, futbolchi o‘zining haqiqiy mahoratini faqat o‘tgan mavsumdagina namoyon eta oldi.

Futbolchi o‘tgan mavsum doirasidagi barcha musobaqalarda o‘tkazilgan 45 ta o‘yinda 19 ta gol urdi va 7 ta golga uzatma berdi. Torresning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!