Ferran: O‘zimizni favoritdek his qilyapmiz

  • 3 aprel, 14:21
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ferran Torresning fikriga ko‘ra, "Barselona" o‘zini Ispaniya kubogi favoritidek his qilmoqda. 

Xans Diter-Flik jamoasi "Kopa Del Rey" kubogi yarim finalida "Atletiko"ni umumiy 5:4 hisobida mag‘lub etdi. Javob uchrashuvda kataloniyaliklar Madrid grandini 1:0 hisobida taslim etdi. 

Turnir finalida "Barselona" Real Madrid"ga qarshi maydonga tushadi. 

"Juda yoqimli g‘alaba. Biz finaldamiz. O‘zimizni favoritdek his qilyapmiz, ammo bo‘shashish kerak emas. Biz kamtarlik bilash ishlashda davom etishimiz kerak. Shunda hammasi yaxshi bo‘ladi", - dedi "Barselona" vingeri Ferran Torres. 

Ta’kidlash kerak, Ferran kecha "Atletiko" - "Barselona" uchrashuvida uchrashuvdagi yagona va g‘alaba golini kiritdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!