Ferran Torres ham PSJ qutqardi, ham nomini tarixga yozdi

  • 24.08.2026 08:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi chempionatning navbatdagi uchrashuvida «Renn»ga qarshi maydonga tushib, birinchi bo‘limni 0:2 hisobida yutqazib tugatdi. Ammo ikkinchi taymda vaziyat keskin o‘zgardi: jamoani mag‘lubiyatdan yangi transfer Ferran Torres qutqardi. 

U bellashuvning ikkinchi yarmida ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni tenglashtirishga erishdi.

Shu tariqa Ferran Torres klub tarixida debut uchrashuvidaoq dubl qayd etgan uchinchi futbolchiga aylandi. 

Birinchi bunday natija 1994 yilda qayd etilgan: o‘shanda Patrik Mboma Chempionlar ligasi saralash bosqichida Vengriyaning «Vats» jamoasi darvozasiga ikki gol urgan edi. Keyinchalik, 2012 yilda, Zlatan Ibragimovich ham «Loryan»ga qarshi chempionat o‘yinida «PSJ» safidagi ilk rasmiy uchrashuvidaoq ikki marta gol kiritgan.

Endi esa ushbu ro‘yxatga Ferran Torres qo‘shildi — u ham PSJdagi birinchi rasmiy o‘yinida dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!