Fevzi Davletov: "Yigitlarning harakati bizni xavotirga soldi"

  • 26 oktabr, 2024, 07:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Surxon" jamoasi bu turda "Lokomotiv"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Uchrashuvni umumiy qilib ikki bo‘limga ajratish mumkin. Ilk 45 daqiqalikda biroz yomon o‘yin ko‘rsatdik. Yigitlarning harakati bizni xavotirga soldi. Qarshidagi bahsda bo‘lgan agressiya ko‘rinmadi. Tanaffusda ular bilan gaplashib oldik va vaziyatni o‘zgartirdik. Ba’zan yomon o‘ynab ham g‘alaba qozonish mumkin. Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Tahlil qilishimiz kerak bo‘lgan narsalar ko‘p.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!