FIDE O‘zbekistonning sensatsion mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi

  • 25.09.2026 06:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

FIDE matbuot xizmati Samarqandda o'tayotgan jahon shaxmat olimpiadasida O'zbekiston erkaklar terma jamoasining 8-turdagi kutilmagan mag'lubiyatiga munosabat bildirdi.

«Germaniya jahon shaxmat olimpiadasida peshqadam bo'lib turgan O'zbekistonni 8-turning eng muhim uchrashuvida 2,5:1,5 hisobida mag'lub etdi.

Liderlik uchun kurashda jiddiy o'zgarish yuz berdi», — deya qayd etilgan federatsiyaning Instagram sahifasida.

Samarqandda o'tayotgan 2026 yildgi uy olimpiadasining sakkizinchi turida O'zbekiston erkaklar terma jamoasi musobaqadagi ilk mag'lubiyatini qayd etdi. O'z maydonida nemislar bilan kechgan keskin bahs 1,5:2,5 hisobi bilan Germaniya foydasiga hal bo'ldi.

Ikkinchi doskada Javohir Sindarov Mattias Blyubaumni mag'lub etib, mezbonlarga muhim ochko olib keldi. Jamoa yetakchisi Nodirbek Abdusattorov esa Vinsent Kaymerga qarshi o'yinda qiyin vaziyatdan chiqib, durangni saqlab qoldi. Shunga qaramay, nemis grossmeysterlari uchrashuvning umumiy natijasini o'z tomonlariga og'dirishga muvaffaq bo'ldi.

Germaniya terma jamoasining g'alabasida Svane birodarlarining o'rni hal qiluvchi bo'ldi: Frederik Svane Nodirbek Yakubboevni mag'lub etdi, Rasmus Svane esa Shamsiddin Vohidov yo'l qo'ygan xatodan unumli foydalandi.

Ushbu mag'lubiyat o'zbekistonlik shaxmatchilarning yetti o'yindan iborat g'alabali seriyasiga chek qo'ydi va Germaniya terma jamoasiga turnir jadvalida peshqadamlarni quvib yetish imkonini berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!