FIFA: 2025 yilning yozida rekord darajadagi transferlar amalga oshirildi

  • 04.09.2025 16:39
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

2025 yilning yozida ayollar va erkaklar futbolida rekord darajadagi transferlar amalga oshirildi, deya xabar bermoqda FIFA matbuot xizmati tashkilot rasmiy saytida. Xususan, erkaklar futbolida 1 iyundan 2 sentyabrgacha bo‘lgan davrda 12 mingga yaqin, ayollar futbolida esa 1100 dan ortiq transfer amalga oshirildi.

Transfer xarajatlari 9,76 milliard dollargacha oshdi - bu yozgi transfer oynasi tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Summa 2024 yilning shu davriga nisbatan 50% ga oshgan.

Xarajatlar bo‘yicha birinchi o‘rinni Angliya egalladi - 3 milliard dollardan ortiq. "Liverpul" bir transfer oynasida yangi futbolchilarni sotib olish uchun sarflangan mablag‘ bo‘yicha rekord o‘rnatdi. "Qizillar" yozda jami 483 mln evro sarflagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!