FIFA chempionat o‘yinlarini boshqa mamlakatlarda o‘tkazilishiga ruxsat berishi mumkin
FIFA liga o‘yinlarini boshqa mamlakatlarda o‘tkazishga ruxsat berishi mumkin.
Buni o‘rganish uchun 10-15 kishidan iborat ishchi guruh tuzildi. Bu guruh milliy chempionat o‘yinlarini boshqa mamlakatlarda o‘tkazish g‘oyasini o‘rganishi kerak bo‘ladi. Bu haqda "Transfer News Live" nashri xabar bermoqda.
Avvalroq, La Liga rahbari Xaver Tebas bir necha yildan so‘ng Ispaniya chempionati o‘yinlari AQShda o‘tkazilishini mumkinligi ta’kidlagandi. Ayni damda Ispaniya Superkubok bahslarini Saudiya Arabistonida o‘tkazmoqda. Bu klublarga katta pul ishlash imkonini beradi.



Fikrlar