Asosiy mazmunga oʻtish

FIFA Jahon chempionati finalida Paredesga berilgan qizil kartochkani bekor qildi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 1

FIFA Leandro Paredesga JCh–2026 finalida ko‘rsatilgan qizil kartochkani bekor qildi va unga qo‘shimcha jazo qo‘llamaydi.

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredesga Jahon chempionati–2026 finalida ko‘rsatilgan qizil kartochka bekor qilindi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Deil Jonson ma’lumot berdi.

Uning xabariga ko‘ra, Paredes finaldagi mojaro uchun qo‘shimcha tartib-intizomiy jazoga tortilmaydi. FIFA ushbu epizodni qayta ko‘rib chiqqach, futbolchiga nisbatan qat’iy chora ko‘rishdan voz kechgan.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionati final bahsi yakshanba, 19 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. «Qizil furiya» keskin kurashlarga boy o‘yinda minimal hisobda g‘alaba qozonib, tarixida ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi.

Uchrashuvdagi yagona golni qo‘shimcha bo‘limlarda Ispaniya hujumchisi Ferran Torres urdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q