FIFA jahon chempionatida qatnasha olmasligini bildirgan jamoa o‘rnini qaysi jamoa egallashini ma’lum qildi

  • 1 yanvar, 2022, 12:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yangi ishtirokchisi haqida ma’lum qildi.

Tecno

Tashkilot rasmiy saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, amaldagi karantin qoidalari tufayli Yangi Zelandiyaning “Okland Siti” klubi turnirda ishtirok etishdan bosh tortishga majbur bo‘ldi. Uning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi o‘rnini Taiti chempionatida to‘p suradigan “Pirae” klubi egallaydi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 3-12 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadi. Turnir favoritlari "Chelsi" (Chempionlar ligasi g‘olibi) va "Palmeyras" (Libertadores kubogi g‘olibi) hisoblanadi. Ular turnirdagi ishtirokini yarim finaldan boshlaydi.

“Pirae”ga kelsak, Taiti klubi chorak finalda OChL g‘olibi “Al-Hilol”ga qarshi o‘ynash huquqi uchun mezbon “Al-Jazira”ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!