FIFA Meksikada bo‘layotgan ishlardan havotir olyapti
Meksikada katta tartibsizliklar yuzaga keldi va FIFA xavotirga tushishni boshladi. Mamlakat 2026 yildgi jahon chempionati mezbonlaridan biri hisoblanadi, ammo mundialga hali ancha vaqt bor bo‘lsa, qit’alararo pley-off o‘yinlariga atigi bir oy qoldi.
Mart oyi oxirida aynan Meksikada qit’alararo pley-off o‘yinlari orqali 2026 yildgi jahon chempionatiga ikkita yo‘llanma o‘ynaladi. Meksika zaminidagi tartibsizliklar FIFAni o‘yinlarni boshqa joyga ko‘chirishga majbur qilishi mumkin.
FIFA ichida xavotirlar ortib borayotgani haqida The Touchline nashri xabar berdi.
2026 yildgi jahon chempionatiga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qilishi kerak.
Fikrlar