FIFA O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasini e’tirof etdi

  • 13.03.2026 22:50
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

FIFA rasmiy sahifasi O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi haqida post qoldirdi

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga chiqish arafasida turibdi.

Jamoa Osiyo kubogi chorak finalida Koreya Respublikasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv g‘olibi avtomatik ravishda kelasi yil bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Chorak finalda mag‘lub bo‘lgan jamoa esa 19 mart, payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan saralash uchrashuvida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!