FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoevga maktub yo‘lladi

  • 06.06.2025 18:06
  • Jahongir Inomjonov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga maktub yo‘lladi:

“Janobi Oliylari,
Hurmatli Prezident!

Kecha O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi bo‘lib JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.

Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun O‘zbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz.

Bunday ajoyib yutuq ushbu muvaffaqiyatga aloqador bo‘lgan barchaning birgalikdagi sa’y-harakatlari va qat’iy irodasi tufayli amalga oshdi. Sizga, hukumatingizga, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga, futbolchilarga, murabbiyga, barcha xodim va rahbarlarga, shuningdek, albatta, qalbi qaynoq muxlislarga samimiy tabriklarimni yo‘llayman.

Muhtaram Prezident, Sizga 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatida muvaffaqiyatlar tilayman hamda Siz, Janobi Oliylari bilan yana bir bor uchrashish imkoniyatini intiqlik bilan kutaman".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rest Lover
06/06/2025 20:09
Жинни Инфантильно табриклагани яхши, рахмат! Лекин бу арабларни назорат килса, ундан хам яхши Иш бу́ларди. Роса эсдан чикмайдиган иш бу́лди лекин, бизни мухлисларни кийнади
&
+998950198726
06/06/2025 21:11
Араблар хомий бўлгандан кейин нима деёлади.Fly Emirates Qatar airways миллиардлаб пул тикади