
FIFA Qatar-2022da qatnashadigan futbolchilarning klublariga 209 million dollar to‘laydi
FIFA 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida klublarga futbolchilarining ishtiroki uchun 209 million dollar to‘laydi, deb xabar berdi federatsiya matbuot xizmati.
Jumladan, har bir futbolchi turnir davomida terma jamoada bo‘lgan bir kuni uchun klub 10 000 dollar oladi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 paytida FIFA 416 klubga futbolchilari musobaqada ishtirok etgani uchun pul to‘lagan. Ma’lumot o‘rnida, JCh-2022 Qatarda 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar