FIFA rahbari Eron o‘yinlarini AQShdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha fikrini aytdi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Eron terma jamoasining 2026 yildgi jahon chempionatidagi o‘yinlarini AQShdan Meksikaga ko‘chirish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
- FIFA jahon chempionatida ishtirok etuvchi barcha jamoalar halol o‘yin va o‘zaro hurmat ruhida musobaqalashishini istaydi. Bizda taqvim bor. Yaqin orada 48 ta ishtirokchi jamoaning barchasi tasdiqlanadi va biz jahon chempionati belgilangan rejaga muvofiq o‘tishini xohlaymiz, - dedi Infantino.
Eron milliy terma jamoasi Osiyo saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, mundial yo‘llanmasini birinchilardan bo‘lib qo‘lga kiritgan.
Qur’a natijasiga ko‘ra, forslar jahon chempionatining “G” guruhiga tushgan va bu kvartetda Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya jamoalari ham bor. Eron Yangi Zelandiya va Belgiyaга qarshi Los-Andjelesda, Misr bilan Sietlda o‘ynashi belgilangan.
Fikrlar