
FIFA "Superliga"ni tan olmaydi!
FIFA rasmiy "Tvitter" sahifasi UEFAning Evropa top-klublari ishtirok etadigan "Superliga" dasturi borasidagi so‘nggi qarorini e’lon qildi:
"FIFA va 6 ta konfederatsiya rahbarlari UEFAning "Superliga" loyihasini muhokama etish uchun yig‘ildi. Ushbu muhokama yakunlariga ko‘ra, FIFA ushbu musobaqaning o‘tkazilishiga mutlaqo qarshi chiqadi. Qaysidir klub va futbolchi ushbu turnirda ishtirok etsa, FIFA tomonidan tashkil etiladigan hech bir musobaqada qatnasha olmaydi", - deyiladi xabarda.
Fikrlar