FIFA vakillari Andijonda!

  • 30.11.2023 10:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston mezbonlik qiladigan 2024 yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlari Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

O‘FA ishchi guruhi boshchiligidagi FIFA vakillari «Universal» sport majmuasidagi barcha shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

Arena maydonini jahon standardlariga mos tarzda tayyorlash hamda jamoalarning kiyim almashtirish xonalari, ofislar, media markaz, kameralar uchun platformalar, mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan arena va boshqa zaruriy sharoitlar FIFA talablariga muvofiq tashkil etilishi bo‘yicha fikrlar almashildi.

fifa andijon

Shuningdek, delegatsiya vakillari shahardagi Bog’ishamol”, “Premier” hamda “Olympic” mehmonxonalariga ham tashrif buyurib, ulardagi sharoit va xizmat ko‘rsatish sifatini ham ko‘zdan kechirdilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!