CHERY AUTO

So‘nggi yillarda futbol o‘zgarib bormoqda. Auditoriya tobora kattalashib, o‘yinlar soni ortayotgani ham bor gap. Umuman olganda, biz avval ko‘rgan futboldan hozirgisining farqi bor. Gap faqat taktikada yoki yangi texnologiyalarning kirib kelishida emas. Balki, format masalasida ham. 

Biz Jahon chempionatlarida 32 terma jamoa ishtirok etishiga o‘rganib qolgandik. 8 ta guruh hamda o‘z kvartetida 1 va 2-o‘rinlarni band qilgan terma jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi. Biroq endi futbol o‘ynashni ko‘pchilik biladi. Hamma katta turnirlarda ishtirok etgisi keladi va bu uchun katta o‘zgarishlarga qo‘l urmoqda. Misol tariqasida, Mundial ham ko‘pchilikning orzusidagi turnir va ko‘pchilik unda ishtirok etishni istaydi. FIFA ham talabgor va saviyali termalarning oshganini inobatga olgan holda, Jahon chempionati formatiga o‘zgartirish kiritdi. 

Tecno


1024x538_cmsv2_0884ef0d-20c2-5cf2-85fb-7c1e31aa3bc9-6582426

Esingizda bo‘lsa kerak, 2026 yildan boshlab, Mundialda 32 ta emas, 48 terma jamoa ishtirok etadi. Shunday qilib, yana 16 jamoa turnirga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. 

2022 yilgi turnir uchun 31 ta o‘rin ajratilgan bo‘lsa, mezbon Qatar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Mundalda ishtirok etish huquqiga ega. Ayni vaqtda yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 29 terma jamoa nomi ma’lum. Yangi Zelandiya - Kosta Rika hamda Avstraliya - Peru to‘qnashuvlarida g‘olib bo‘lgan yana ikki mamlakat bilan to‘liq ishtirokchilar nomi ma’lum bo‘ladi. 2026 yilgi Jahon chempionatida 48 ta yo‘llanma mavjud. AQSh, Kanada va Meksika mezbonligini inobatga olsak, yana 45 ta o‘rin qoladi. 

united2026

O‘rinlar quyidagicha taqsimlanadi: Evropa yana 3 ta, Afrika - 4 ta, Osiyo 3-5, Konkakaf 2.5, Konmebol 1.5 va Okeaniya 0.5 

Eng kulgulisi shundaki, yo‘llanmalar soni ko‘payishi ma’lum bo‘lgandan so‘ng qit’alar bo‘ylab o‘rinlar taqsimlanib chiqildi. Hisoblab ko‘rilsa, 2026 yilgi Mundialda 49 ta jamoa qatnashishi kerak bo‘ladi. (pley-offda yana ikkita o‘yin o‘tzaziladi) Shuningdek, uchta mezbon terma jamoani ham inobatga olsak, ishtirokchilar soni 52 taga etadi. Bu e’lon qilingan miqdordan 4 taga ko‘p. Shunda bir qator savollarga javob topilmay qolmoqda. Birinchidan, FIFA mezbon terma jamoalardan qaysilari JCh final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olishini aniqlab olishi kerak. Ikkinchidan, ortiqcha bir yo‘llanma qanday vujudga keldi? Endi qaysi mintaqadan bir o‘rin olib qo‘yiladi? Shuningdek, turnirga Shimoliy Amerikaning 3 terma jamoasi mezbon bo‘lganini inobatga olgan holda, Konkakaf uchun beriladigan 3 yo‘llanmani hisobdan chiqarish kerak. Buni yaxshi variant deya olmayman-ku, ammo chigallik payti bir echim bo‘la oladi. Shundoq ham AQSh va Meksika saralash o‘yinlarida qiyinchilikka uchramasa kerak. Xullas, FIFA yig‘ilish o‘tkazgan holda, bir qarorga kelishi lozim. Albatta, bunday katta tashkilotga kontseptual yondashuv yarashadi. Mavhumlik va chigallik ko‘p e’tirozlarga sabab bo‘ladi, mazkur holat esa bunday katta tashkilot statusiga umuman mos kelmaydi.  

2626a532c0c516176491834073684b2d

Yana bir qiziqarli fakt. 2026 yilgi Jahon chempionatida Janubiy Amerika termalarining 60 foizi Mundialga boradi. Agar pley-off o‘yinida ham ulardan bir jamoa g‘alaba qozonsa, bu ko‘rsatkich 70 foizga etishi mumkin.  




                                                                                                                       Karim Xudayqulov tarjimasi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!