
Figu: "Mbappe ham, Vinisius ham "Real" etakchisi bo‘ladi"
"Real"ning sobiq futbolchisi Luish Figu jamoaning yangi mavsumdagi etakchilari haqida fikr bildirdi.
Undan Kilian Mbappe yoki Vinisius Junior kim asosiy etakchi bo‘lishi haqida so‘ralganda, portugaliyalik afsona quyidagicha javob berdi:
"Ikkalasi ham. Bunday uzun mavsum davomida barqarorlikni saqlash juda muhim. Bir futbolchi o‘n bir oy davomida doimiy ravishda bir xil yuqori darajada o‘ynay olmaydi", – deya o‘z fikrini bildirib o‘tdi "qaymoqranglilar"ning sobiq o‘yinchisi.
Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini bugun soat 00:00 da "Osasuna"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar