
Filip Xrgovich Aleksandr Usik hamda Tayson Fyuri jangida kim favorit ekanligini aytdi!
Og‘ir vazn toifasidagi IBF kamariga majburiy da’vogar Filip Xrgovich (16-0,13 KO) Aleksandr Usik (21-0,14KO) va Tayson Fyuri (34-0-1,24KO) o‘rtasidagi mutlaq chempionlik uchun bo‘lajak jang haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men Usikni har doim ko‘p qirrali jangchi deb bilganman. U texnik, kuchli va doimo yaxshi tayyorlangan. Fyurining so‘nggi jangida uning biroz o‘ziga o‘xshamaganini ko‘rgan bo‘lsak-da, menimcha, bu ko‘proq motivatsiya etishmasligi bilan bog‘liq. Bokschining motivatsiyasi uning ishlashi va natijalariga keskin ta’sir qilishi mumkin.
Men bu jangda o‘z ovozimni Usikka beraman, vaholanki bu bahsda ikkisi ham g‘alaba qozonishi mumkin”, — dedi Xrgovich Frank Uorrenning Queensberry Promotions kompaniyasiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Ular 17 fevral kuni Ar-Riyodda jang o‘tkazadi.
Fikrlar