
Filipp Lam: Sport bu siyosat
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Filipp Lamning xalqaro sport tashkilotlari va kasaba uyushmalarini nojo‘ya xatti-harakatlari uchun qoralagan bayonoti e’lon qilindi. Uning fikricha, bugungi kunda siyosat muayyan qarorlar qabul qilishda etakchi o‘rinni egallaydi.
“Sport bu siyosat. Olimpiada Pekinda, Jahon chempionati Qatarda o‘tkaziladi. Bu hududlardagi muammolar haqida esa hamma biladi. Men Germaniyadek demokratik davlatda tug‘ilish baxtiga muyassar bo‘ldim. O‘ylaymanki, futbolchilar qandaydir vaziyatlarni o‘zgartirishlari mumkin. Ular mashhur insonlar va ta’sir kuchiga ega", - dedi germaniyalik futbol yulduzi.
Eslatib o‘tamiz, Qatar bir necha bor inson huquqlari buzilgani uchun tanqid qilingan. Hatto ayrim futbol assotsiatsiyalari Daniya terma jamoasi kabi jahon chempionatining ushbu mamlakatda o‘tkazilishiga ochiqchasiga qarshi chiqdi.
Fikrlar