
"Fiorentina" direktori: "Riberiga Rossiya klublari taklif qilayotgandek maosh bera olmaymiz"
"Fiorentina" klubi direktori Daniele Prade klub "Bavariya"ning sobiq futbolchisi Frank Riberiga qiziqish bildirgani, ammo ko‘p maosh bera olmasligini ta’kidladi.
"Biz Riberiga qiziqish bildirmoqdamiz. Lekin u boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Frankga Rossiya va Arab mamlakatlaridan tushayotgan taklif kabi maosh bera olmaymiz.
Agar u yuqori darajada futbol o‘ynashni davom ettirishni xohlasa biz uni kutamiz," - dedi direktor.
Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli futbolchiga "Lokomotiv" va "Dinamo" klublari qiziqish bildirayotgan edi.
Fikrlar