«Fiorentina» Kinni A Seriyasidagi boshqa klubga sotishga rozi bo‘ldi
«Komo» klubi «Fiorentina» hujumchisi Moyze Kinni oʻz safiga qoʻshib olish boʻyicha kelishuvga erishdi.
Italiyalik futbolchining transferi boʻyicha barcha asosiy shartlar kelishib olingani haqida jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi. Maʼlumotlarga koʻra, «Komo» hujumchini ijaraga olish uchun 10 million yevro toʻlaydi. Shartnomada futbolchini keyinchalik majburiy tarzda sotib olish bandisi ham bor — bu uchun yana 25 million yevro miqdorida toʻlov koʻzda tutilgan. Qoʻshimcha ravishda 5 million yevro bonus sifatida toʻlanishi mumkin. Shu tariqa, bitim umumiy qiymati 40 million yevrogacha yetishi ehtimol qilinmoqda. Moyze Kin buning oldidan oʻzining shaxsiy shartnomasi boʻyicha kelishuvga erishgan.
Moyze Kin ikki mavsumdan soʻng «Fiorentina»ni tark etmoqda. U shu vaqt ichida barcha musobaqalar doirasida 79 ta oʻyin oʻtkazib, 35 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar