"Fiorentina" o‘ziga yangi murabbiy qidirmoqda. Nomzodlar orasida Emeri va Pochettino ham bor

  • 18.03.2020 04:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyaning "Fiorentina" klubi bosh murabbiy Juzeppe Yakini o‘rniga o‘rinbosar qidirmoqda.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “binafsharanglilar”ning short-listida Unai Emeri, Maurisio Pochettino, Leonardu Jardim, Karlos Dunga, Marko Jampaolo va Roberto De Dzerbi kabi mutaxassislar nomzodlari bor.

Eslatib o‘tamiz, Yakini "Fiorentina"ni 2019 yilning dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Uning boshqaruvidagi jamoa ayni damda A Seriya musobaqa jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!