"Fiorentina"ga "Real" himoyachisi kerak

  • 15 yanvar, 2021, 19:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubining o‘ng qanot himoyachisi Alvaro Odriosola "Fiorentina"ning asosiy transfer nishoniga aylandi.

Tecno

Italiyalik jurnalist Janluki Di Martsioning ma’lum qilishicha, "binafsharanglilar" ispaniyalik fulbekni joriy qishki transferlar davridayoq, o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. O‘z navbatida, 2020 yilning sentyabridan buyon maydonga tushmayotgan 25 yoshli Alvaro ham “Qirollik klubi”dan ketishni rejalashtirmoqda.

Odriosola joriy mavsum “Real” safida bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos. Uning transfer narxi esa 10 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!