Firminoning goli "Liverpul"ni jahon chempioni qildi!
Bundan biroz avval klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining final bellashuvi o‘z yakuniga etdi.
Unda Braziliyaning “Flamengo” klubi Angliyaning “Liverpul” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy bo‘limi 0:0 hisobida durang bilan yakunlangach g‘olib nomi qo‘shimcha bo‘limlarda aniqlandi. Unda esa Firminoning kiritgan yagona goli mersisaydliklarni chempionga aylantirdi.
“Liverpul” Angliya – “Flamengo” Braziliya 1:0 (0:0, 0:0, 1:0)
21 dekabr, 22.30, «Khalifa International Stadium»
Gol: 1:0 – 99 Firmino.
“Liverpul” – Alisson, Aleksander-Arnold, Gomes, Robertson, van Deyk, Keyta (Milner, 100), Oksleyd-Chemberlen (Lallana, 75), Xenderson, Mane, Salax (Shakiri, 120), Firmino (Origi, 105).
“Flamengo” – Diego Alves, Rafinya, Filipe Luis, Mari, Rodrigo Kayo, de Arraskaeta (Vitino, 77), Jerson (Linkoln, 102), Everton Ribeyro (Diego, 82), Arao (Berrio, 120), Gabriel Barboza, Bruno Enrike.
Ogohlantirishlar: Mane (45), Salax (81), Vitino (90), Firmino (100), Milner (105), Diego (112).
Fikrlar