"Flamengo" forvardi futbol tarixidagi eng yuqori tezliklardan birini namoyish etdi. U Mbappe va Beylni ortda qoldirdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Flamengo" xujumchisi Bruno Enrike Libertadores Kubogi chorak finalida "Internasonal"(2:0)ga qarshi o‘yinda yuqori tezligini ko‘rsatdi.

Uchrashuvda "dubl" qayd etgan forvard soatiga 38 km tezlikda yugurdi. Bu haqida FIFA o‘zining rasmiy "Twitter" sahifasida e’lon qildi.

Bungacha, 2014 yilgi JChda gollandiyalik Aren Robben qaydi etgan natija eng yaxshisi bo‘lib turgan edi.

Ushbu mundialda Robben soatiga 37 km tezlikda yugurgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, "Real" futbolchisi Garet Beyl soatiga 36,9 km tezlikda yugura olgan. PSJ xujuchisi Kilian Mbappe esa soatiga 36 km tezlikni namoyish etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!