Flik: «Barcha katta klublar Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni istaydi»
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning bu mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqish bo‘yicha maqsadlarini yana bir bor ochiq bayon etdi.
"Katta klublarning barchasi Chempionlar ligasini yutishni istaydi. Bizda bu maqsadga erishish uchun zarur sifatlar bor, ammo oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi" — dedi Flik matbuot anjumanida.
«Barselona» Chempionlar ligasidagi ishtirokini chorshanba, 9 sentabr kuni boshlaydi. Ushbu kuni «blaugrana» guruh bosqichi birinchi turida o‘z maydonida Niderlandiyaning «Feyenoord» jamoasini qabul qiladi.

Fikrlar