
Flik “Barsa”dan “Bavariya” yulduzini olib kelishni talab qilmoqda
“Barselona” bosh murabbiyi etib tayinlangan Xans-Diter Flik kataloniyaliklar tarkibini o‘ziga moslashtirmoqda.
Germaniyalik mutaxassis yangi klubi rahbariyatidan Bundesliga pishgan futbolchini olib kelishni so‘radi.
Xansi Flik “Bavariya” yarim himoyachisi Kingsli Koman “Barselona”ni sezilarli darajada kuchaytira olishiga ishonmoqda.
Frantsiyalik chap qanot hujumchisi “top-liga”larda o‘ynash bo‘yicha katta tajribaga ega. PSJ tarbiyalanuvchisi 27 yoshiga qadar yurtidan tashqarida “Yuventus” va “Bavariya” kabi Italiya hamda Germaniya grandlarida to‘p tepgan.
Komanning myunxenliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha amal qiladi. Biroq uni 50 million evro evaziga transfer qilish mumkinligi aytilmoqda.
Fikrlar