Flik "Barselona"da yana bir mavsum qolishi mumkin
"COPE" nashrining xabariga ko‘ra, "Barselona" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan shartnomani 2028 yil iyunigacha uzaytirish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Avvaliga nemis mutaxassisi 2026/27 yilgi mavsumdan so‘ng murabbiylik faoliyatini yakunlashni rejalashtirgan edi. Biroq hozir u bu qarorni o‘zgartirishi mumkin, chunki bunday tanlov qilish uchun hali erta, deb hisoblamoqda.

Flik klub va loyihadan juda mamnun. Ayniqsa, uni "La Masiya" akademiyasida olib borilayotgan ishlar katta taassurot qoldirgan. Shuningdek, murabbiyning oilasiga Barselona shahrida yashash ham yoqmoqda. U sport direktori Deku va klub prezidenti Joan Laporta bilan yaxshi munosabatda.
Nemis mutaxassisi o‘z kelajagi ko‘p jihatdan Laportaning klubda qolishiga bog‘liq ekanini ta’kidlamoqda. "Barselona" prezidenti saylovlari 2026 yilda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar