Asosiy mazmunga oʻtish

Flik "Barselona"ga xorvatiyalik yoshi katta futbolchini jalb qilmoqchi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Futbolchi hozirda erkin agent bo‘lib turibdi

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 36 yoshli xorvat futbolchisi Ivan Perishichni jamoaga taklif etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Bild" nashri xabar tarqatdi.

O‘ng qanot hujumchisi sifatida harakat qiladigan Perishich 30 iyun kuni Niderlandiyaning PSV klubini erkin agent sifatida tark etadi. Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar tajribali va ayni paytda zaxirada o‘tirishga tayyor bo‘lgan futbolchiga muhtoj.

Flik va Perishich 2019/20 yilgi mavsumda "Bavariya"da birga ishlashgan. 

Ma’lumot o‘rnida, vinger o‘tgan mavsumda 39 o‘yinda ishtirok etib, 16 ta gol va 11 ta assist qayd etdi. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 1.5 million evro deb baholanmoqda baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q