Flik Bastoni transferini bloklagani sababi ochildi

  • 25.05.2026 06:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya chempioni “Inter” himoyachisi Alessandro Bastonining “Barselona”ga transferi amalga oshmadi, chunki kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik 27 yoshli futbolchi nomzodini ma’qullamagan.

Tomonlar bu transfer bo‘yicha ancha vaqt muzokara olib borgan edi. Bu haqida Sport.es sayti jurnalist Matteo Morettoga tayanib xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, nemis mutaxassisi Bastonining texnik xususiyatlari yuqori intensivlik va kuchli pressing ostida to‘liq o‘ynash imkonini berishiga shubha qilmoqda.

Shu sababli “Barselona” sport direktori Deku boshqa variantlarni o‘rganishni boshlagan.

Avvalroq, Matteo Moretto Xansi Flik Bastonining sifatlarini baholayotganini xabar qilgan edi. Shuningdek, ispan matbuoti italyalik futbolchining Kataloniya klubiga transferi 50-60 million yevro atrofida bo‘lishi mumkinligini yozgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!