Flik "Betis" ustidan qozonilgan 5:3 hisobidagi g‘alabani izohladi

  • 07.12.2025 03:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Betis" ustidan qozonilgan 5:3 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoa o‘yini haqida fikr bildirdi.

"Birinchi taym juda yaxshi o‘tdi, lekin ikkinchi bo‘limda biroz charchadik. Himoyada esa oxirgi daqiqalarda o‘yinni nazorat qilish qiyinlashdi. Ammo men pozitiv baholashni istayman — eng muhimi, biz g‘alaba qozondik. Jamoadan juda mamnunman. Qanday kurashganimiz va hisobni qaytara olganimizni hurmat qilaman.

Bellashuv oxirida futbolchilar ancha charchagandi, ular 90 daqiqa davomida kurashishdi. Bugungi natijadan juda mamnunman.

Yamal hujumkor yarim himoyachi sifatida ham, himoyada ham yaxshi o‘yin namoyish qildi. Bu bizning variantimiz, lekin bu pozitsiyani avval uncha sinab ko‘rmagan edik.

Ferran – juda zehnli futbolchi. U bo‘shliqlarni a’lo baholaydi va bugun buni mukammal bajardi. Unda yaxshi kayfiyat va ishonch bor. U asosiy tarkibda o‘ynashga munosib. Bizga kerak paytda doim o‘zini ko‘rsata oladi.

Bu stadion — Ferranniki. U bu erda terma jamoa safida ham xet-trik qayd etgan", — dedi Flik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!