Asosiy mazmunga oʻtish

Flik: "Bizga kuch yetishmadi, «Real» to'psiz to'g'ri o'ynadi"

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Barselona» murabbiyi Flik «Real»dan mag‘lubiyatni La Ligadagi ilk yutqazish deb baholab, bu fojia emasligini aytdi.

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liganing 10-turida «Real»ga qarshi kechgan uchrashuv (1:2)dan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

«Qatorasiga ikkita mag‘lubiyat – bu biz uchun qoniqarli emas, albatta, juda hafamiz. Birinchi bo‘limni biz istagandek o‘tkaza olmadik. Ikkinchi taymda, hisob 1:1 bo‘lganiда, o‘yinni kuchaytirishga harakat qildik. Lekin jamoadа yetarlicha kuch va yangi nafas yetmadi.

Bu – La Ligadagi ilk mag‘lubiyatimiz. Undan oldin to‘qqizta o‘yinni ketma-ket yutib kеlayotgandik, endi esa shunday natija qayd etildi. Mag‘lubiyat sportning bir qismi. Biz vaziyatni puxta tahlil qilishimiz, xulosa chiqarishimiz va kuchliroq bo‘lishimiz kerak – shunday qilamiz ham. Eng muhimi – to‘g‘ri reaksiya ko‘rsatish.

Biz juda yuqori darajadagi raqibga qarshi o‘ynadik. Ular to‘psiz holatda ham juda oqilona harakat qilishdi. Bizda esa yangi kuch yetishmadi. Oxirgi bir necha hafta, ayniqsa «Betis»ga qarshi o‘yindan keyingi davr oson kechmadi. Endi dam olishimiz, kuch to‘plashimiz va bu mag‘lubiyatga munosib javob berishimiz zarur. Biz shunday qilamiz.

Mag‘lubiyat – bu hali fojia emas. Oldinda uzun mavsum turibdi, bunday holatlar futbolda doim uchrab turadi. Bu bizga o‘ylab ko‘rish, xatolar ustida ishlash va yanada o‘sish uchun turtki bo‘lishi kerak», – deya ta’kidladi Flik.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q