Flik: Bu yulduzdan hafsalam pir bo‘ldi, sotib yuboring!

  • 25.07.2026 17:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona»ni ketma-ket ikki marta chempion qilgan bosh murabbiy Hans-Diter Flik yarim himoyachi Frenki de Yongning so‘nggi o‘yinlaridan va jamoadagi o‘rnidan qoniqmayotgani aytilmoqda. 

Kataloniya klubi 29 yoshli futbolchini munosib taklif tushgan taqdirda sotish variantlarini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqida The Touchline va Transfer News Live nashrlari jurnalist Jerar Romeroga tayanib, ijtimoiy tarmoq X'da xabar tarqatdi.

23 iyul kuni «Barselona» de Yongda tizzasidagi ichki yon bog‘lam uzilishi aniqlanganini ma’lum qildi. OAV yozishicha, uning maydonga qaytishi bir necha haftadan bir necha oygacha cho‘zilishi mumkin, bu tanlanadigan davolash usuliga bog‘liq bo‘ladi.

De Yong kataloniyaliklar safida 2019 yil yozidan beri o‘ynab kelmoqda. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalar doirasida 297ta o‘yinda maydonga tushib, 20ta gol urdi va 31ta golli pas berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, de Yongning bozor qiymati 35 million yevro atrofida baholanmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!