Flik davrida "Barsa" 127 oʻyinda 44 yirik hisob qayd etdi

  • 14.10.2026 07:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» bosh murabbiy Hans-Diter Flik qo‘l ostida yana yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Kataloniya klubi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turida «Galatasaray»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bu natija Flik davridagi 127 o‘yin ichida kamida uch tublik farq bilan qayd etilgan 44-ta yirik g‘alaba bo‘lib qoldi.

Nemis murabbiy boshqaruvida «Barsa» bir qator raqiblarini muntazam ravishda yirik hisobda mag‘lub etib kelmoqda. Jumladan, «Valensiya» to‘rt bor yirik hisobda mag‘lub etilgan (7:1, 5:0, 6:0, 5:0). «Atletik»ga qarshi uch o‘yinda ham kataloniyaliklar katta ustunlikka erishgan (3:0, 4:0, 5:0).

Shuningdek, «Malyorka» (5:1, 3:0, 3:0) va «Sevilya» (5:1, 4:1, 5:2)ga qarshi uchtadan yirik g‘alaba qayd etilgan. «Real»ga qarshi ikki derbida ham «Barselona» maydonni yirik hisobda tark etgan (4:0, 5:2). Huddi shunday natijalar «Jirona» (4:1, 4:1), «Vilyarreal» (5:1, 4:1) va «Xetafe» (3:0, 3:0)ga qarshi uchrashuvlarda ham kuzatilgan.

Flik jamoasi boshqa bir qator klublarni ham yirik hisobda mag‘lub etgan: «Feyenoord» (5:1), «Valyadolid» (7:0), «Yang Boyz» (5:0), «Alaves» (3:0), «Bavariya» (4:1), «Crvena Zvezda» (5:2), «Brest» (3:0), «Barbastro» (4:0), «Betis» (5:1), «Real Sosyedad» (4:0), «Borussiya» (4:0), «Olimpiakos» (6:1), «Oviedo» (3:0), «Kopengagen» (4:1), «Levante» (3:0), «Osasuna» (3:0), «Atletiko» (3:0), «Nyukasl» (7:2), «Espanyol» (4:1), «Elche» (5:0), «Rayo Valyekano» (5:2) va «Rasing» (7:2).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!