Flik hayratda! Murabbiy yosh himoyachini "Barsa"ning asosiy tarkibiga qo‘shdi
«Barselona» markaziy himoyachisi Alvaro Kortes klubning asosiy jamoasi murabbiylar shtabi ishonchini qozondi.
Jurnalist Serxi Kapdevila xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi kelayotgan mavsumda «blaugrana»ning asosiy tarkibidan o‘rin olishi kutilmoqda. Bosh murabbiy Hans-Diter Flik ham, klub rahbariyati ham yosh ispaniyalik himoyachining o‘yinidan juda mamnun.
Alvaro Kortes avval asosan «Barselona»ning ikkinchi jamoasida to‘p surib kelgan va u yerda jamoa sardori sifatida maydonga tushgan.
Asosiy tarkib safida esa hozircha faqat bir rasmiy o‘yinda maydonga tushgan — uning debuti may oyida «Alaves»ga qarshi La Liga uchrashuvida qayd etilgan. Ushbu bellashuvda kataloniyaliklar 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.

Fikrlar