
Flik "Inter" va "Real"ga qarshi darvozani kim qo‘riqlashini aytdi
Xans-Diter Flik "Inter" va "Real"ga qarshi o‘yinlarda Voytsex Shensniga ishonch bildiradi.
Ter Shtegen "Valyadoldid"ga qarshi uchrashuvda sentyabr oyidan buyon ilk marotaba "Barselona" darvozasini qo‘riqladi. Posbon tizzasidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘ldi. O‘z navbatida kataloniyaliklar ushbu o‘yinda 2:1 hisobida raqibidan ustun keldi.
"Shensni Chempionlar ligasi va "Real"ga qarshi o‘ynaydi. Men Ter Shtegen qaytganidan juda xursandman", - dedi "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Flik jamoa darvozaboniga haqidagi savolga javoban.
Ma’lumot uchun, "Barselona"ni 6 may kuni UEFA Chempionlar ligasi doirasida "Inter"ga qarshi uchrashuv kutib turibdi. La Liga doirasida "Real" bilan o‘yin 11 may kuni o‘tkaziladi.
Fikrlar