Flik jamoa ichidagi “xoin” o‘yinchini ushlab oldi

  • 17.12.2025 21:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yaqinda jamoa ichidagi shaxsiy ma’lumotlarni matbuot vakillariga sizdirib kelgan  futbolchini aniqladi.

Bu haqda COPE onlayn nashri jurnalisti Viktor Navarro X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Navarro futbolchining ismini ham, ommaga tarqab ketgan ma’lumot mazmunini ham oshkor qilgani yo‘q.

“Barselona”ning ichki ma’lumotlari tarqalib ketayotgan holat klub rahbariyatini anchadan beri bezovta qilib kelayotgan edi. Endi klub xo‘jayinlari bu masala bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishi kutilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!