Flik jamoaning yangi yildagi maqsadlari haqida gapirdi

  • 25.12.2025 22:06
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 2025 yil yakunlari va jamoaning yangi 2026 yildagi maqsadlari haqida gapirdi.

"Bu men, xodimlarim, klub va muxlislar uchun ta’sirli va muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Bu erda, Barselonada boshimdan kechirayotganlarim aql bovar qilmaydi. Men juda baxtliman, lekin bu o‘tmishda qoldi va biz bu mavsum oxirida muvaffaqiyatni takrorlash uchun ishlashda davom etishimiz kerak. Kelasi yil uchun katta maqsadlarimiz bor, o‘tgan yilgi chempionliklar ajoyib, ammo biz oldinga intilishimiz kerak va aynan shuni xohlaymiz", - deya Flikning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Xans-Diter Flik "Barselona"ni 2024 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida "ko‘k-anorranglilar" chempionlik unvonini, shuningdek, mamlakat kubogi va superkubogini qo‘lga kiritdi. Flikning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!