Flik Kanselu "Barselona"ga kelishi haqida gapirdi
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik qanot himoyachisi Joau Kanselu "Al-Hilol"dan ijara asosida Kataloniya klubiga o'tishga tayyorlanayotgani haqidagi ma'lumotga izoh berdi.
"Joau bizni qanot himoyasida, shuningdek, hujumda kuchaytiradi. Bitim hali yakunlanmagan, lekin u amalga oshsa, xursand bo'laman, chunki bu bizga ko'proq o'zgaruvchanlik beradi. Bu olti oy uchun katta salohiyatga ega ajoyib variant.
Nega "Barselona" qishda markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolamaydi? Murabbiylar shtabi bilan gaplashdik, Ronald Arauho qaytgach, bizda markaziy himoyachi pozitsiyasida yaxshi variantlar bo'ladi", - deya Flikning so'zlarini keltiradi Sport.es.
Kanselu 2023-2024 yillar davomida "Barselona" safida to'p surgan. Bu davrda u barcha turnirlarda 42 ta o'yin o'tkazib, to'rtta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 10 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar