Flik qarorlaridan keyin futbolchi "Barsa"dan ketadigan bo'ldi

  • 25.08.2026 06:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» himoyachisi Alehandro Bal’de birinchi bor kataloniyaliklar tarkibidagi kelajagi borasida jiddiy o‘yga toldi. 

COPE nashri ma’lumoticha, yosh futbolchi bosh murabbiy Xansi Flik jamoasidagi o‘rni va roli haligacha aniq emasligidan xavotirga tushgan.

Bal’de La Liganing ikkinchi turida «El’che»ga qarshi o‘yin (5:0) uchun asosiy tarkib yoki zahira ro‘yxatiga ham kiritilmadi. Futbolchiga yaqin manbalar bu holatni klubdan ketish ehtimoliga ishora sifatida baholayotgani aytilmoqda. 22 yoshli himoyachiga boshqa jamoalardan takliflar tushgan, ular orasida eng jiddiy qiziqishni «Manchester Yunayted» namoyon etmoqda.

Shunga qaramay, Bal’de hozircha transfer masalasida shoshilmayapti. U qaror qabul qilishdan oldin «Barselona» rahbariyati va murabbiylar shtabi o‘z rejalari va uning jamoadagi maqomini aniq bayon qilishiga umid qilmoqda.

Himoyachi klub bazasida odatiy tartibda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!