Flik "Sevilya"ga qarshi o‘yinda "qovun tushirgan" futbolchi bilan individual shug‘ullanadi

  • 08.10.2025 08:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" "Sevilya"ga qarshi so‘nggi o‘yinda 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bposh murabbiy Hans-Diter Flik birinchi bo‘limda o‘z futbolchilarining harakatlaridan norozi bo‘ldi, shuning uchun tanaffusda u ikki himoyachi Jerar Martin va Ronald Arauxoni almashtirdi. Diario AS xabariga ko‘ra, ikkala almashtirish ham "intizomiy jazo" bo‘lgan. Uchrashuvda vaziyatni o‘zgartirishning iloji bo‘lmadi va ikkinchi bo‘limda "Barselona" yana ikki marta gol o‘tkazib yubordi, ammo boshqa gol ura olmadi.

Qayd etilishicha, Flik ba’zi futbolchilar, jumladan, Arauxo bilan ularning o‘yinini yaxshilash uchun individual mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

"Barselona" La Liga 8-turidan keyin turnir jadvalida "Real"dan 2 ochko ortda qolib, 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!