Florentino Peres Valverde va Tchuameni janjali haqida fikr bildirdi

  • 12.05.2026 23:38
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres Federico Valverde va Orelien Tchuameni oʻrtasidagi janjal haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Uning aytishicha, bunday holatlar jamoada avval ham boʻlgan va deyarli har mavsumda uchrab turadi. Biroq bu safargi asosiy muammo janjal haqida matbuotga maʼlumot tarqalib ketganida ekanini taʼkidladi.

“Janjallar har yili, hatto bir necha bor sodir boʻlardi. Ammo avval hech qachon bu haqida maʼlumot tashqariga chiqmagan. Bu birinchi marta”, — dedi Peres matbuot anjumanida.

Eslatib oʻtamiz, mashgʻulotlardan birida Valverde va Tchuameni oʻrtasida janjal kelib chiqqan edi. Maʼlumotlarga koʻra, mushtlashuv oqibatida Valverde bosh miya jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!