
Floyd Meyvezer va Logan Pol jangining PPV narxlari e’lon qilindi
Professional boksning 5 vazn toifasi sobiq chempioni Floyd Meyvezer (50-0) 20 fevral kuni o‘zining navbatdagi ko‘rgazmali jangini o‘tkazadi. Unga bloger Logan Pol (0-1) raqiblik qilishi haqida xabar bergandik.
Ular o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan havaskor boks jangining bitta PPV (Pay-per-view so‘zma-so‘z inglizchadan - "ko‘rish uchun to‘lash" - bu televidenie provayderi abonenti to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilayotgan ma’lum bir voqeaning shaxsiy translyatsiyasini sotib olish orqali to‘laydigan televizion xizmat turlaridan biridir. Translyatsiya istalgan mamlakatdan olib borilishi mumkin) narhi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
Agar, siz dastlabki 1,000,000 ta odam qatorida PPV sotib olsangiz u sizga $25ga tushadi;
Bir milliondan keyin: $40 (har bir PPV uchun);
29-dekabrdan keyin sotib olmoqchi bo‘lganlar uchun: $60 (har bir PPV uchun);
11 fevraldan keyin sotib olmoqchi bo‘lganlar uchun: $70 (har bir PPV uchun).
Fikrlar