Formula-1. “Aston Martin” mavsumoldi taqdimotlarni yakunlab berdi
">Aston Martin" jamoasi Saudiya Arabistonida jamoa rahbari Adrian Nyuining bevosita ishtirokida yaratilgan jamoaning birinchi avtomobili AMR26 uchun 2026-yilgi Formula-1 mavsumi uchun livreyani taqdim etib, mavsumoldi taqdimotlar seriyasini yakunladi.
AMR26 Formula-1 texnik reglamentlarining yangi davrida jamoaning birinchi avtomobili va eksklyuziv "Honda" kuch qurilmalariga ega birinchi avtomobili bo‘ladi. Yangi bolid birinchi marta 11 fevral kuni Bahraynda test sinovlari uchun trassaga chiqadi.
Formula-1'ning rasmiy mavsumoldi sinovlari Bahraynda 11-13 va 18-20 fevral kunlari, mavsumning birinchi Gran-prisi esa 6-8 mart kunlari Avstraliyada bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar