
Formula-1. Jorj Rassell Singapur Gran-prisida g‘alaba qozondi
5 oktyabr kuni Singapurning "Marina Bey" shahar avtodromida Formula-1’ning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda saralashda birinchi o‘rinni egallagan, "Mersedes" poygachisi Jorj Rassell g‘alaba qozondi. Marraga ikkinchi Maks Verstappen ("Red Bull") va uchinchi bo‘lib Lando Norris ("Maklaren") etib kelishdi.
Finish chizig‘ini ettinchi bo‘lib bosib o‘tgan "Ferrari" poygachisi Lyuis Xemilton so‘ngi aylanadi tormozlaridagi muammo sabab trassa limitlarini buzganligi uchun 5-soniyalik jarima olib, 8-o‘ringa tushib ketdi.
1. Jorj Rassell ("Mersedes") - 62 aylana.
2. Maks Verstappen ("Red Bull") +5.430.
3. Lando Norris ("Maklaren") +6.066.
4. Oskar Piastri ("Maklaren") +8.146.
5. Andrea Kimi Antonelli ("Mersedes") +33.681.
6. Sharl Lekler ("Ferrari") +45.996.
7. Fernando Alonso ("Aston Martin") +1:20.667.
8. Lyuis Xemilton ("Ferrari") +1:20.251. 5-soniya jarima
9. Oliver Berman ("Xaas") +1:33.527.
10. Karlos Sayns ("Uilyams") +1 aylana.
11. Isak Xajar ("Reysing Bullz") +1 aylana.
12. Yuki Tsunoda ("Red Bull") +1 aylana.
13. Lens Stroll ("Aston Martin") +1 aylana.
14. Aleks Albon ("Uilyams") +1 aylana.
15. Liam Louson ("Reysing Bullz") +1 aylana.
16. Franko Kolapinto ("Alpin") +1 aylana.
17. Gabriel Bortoleto ("Kik-Zauber") +1 aylana.
18. Esteban Okon ("Xaas") +1 aylana.
19. Per Gasli ("Alpin") +1 aylana.
20. Niko Xyulkenberg ("Kik-Zauber") +1 aylana.
Fikrlar