Formula-1. Lando Norris 2 ochko farq bilan Verstappenni ortda qoldirib, Jahon Chempioniga aylandi!

  • 07.12.2025 20:03
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto

"Maklaren" jamoasining britaniyalik poygachisi Lando Norris yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Abu-Dabi Gran-prisida faoliyatida ilk bor Formula-1 chempionligini qo‘lga kiritdi.

Poygada "Red Bull" etakchisi Maks Verstappen birinchi, "Maklaren" poygachisi Oskar Piastri ikkinchi, uning sherigi Norris uchinchi o‘rinni egalladi.

Umumiy hisobda Norris Verstappendan ikki ochko (421) farqi bilan mavsum g‘olibi bo‘ldi (423). Piastri 410 ochko to‘pladi.

Konstruktorlar kubogi ham "Maklaren" jamoasiga nasib etdi.

15 yil ichida birinchi marta mavsumning so‘nggi poygasida bir vaqtning o‘zida uchta poygachi chempionlikka da’vogarlik qildi: Norris, Piastri va Verstappen. Niderlandiyalik haydovchi Norris va Piastri Las-Vegas Gran-prisidan keyin sirpanish plankasining haddan tashqari emirilgani uchun diskvalifikatsiya qilinganligi sababli "olovranglilar" bilan oradagi farqni yaxshigini qisqartirishga erishgan edi.

Chempionlik uchun uchta da’vogar bilan xuddi shunday vaziyat 2010 yilda Sebastyan Vettel, Fernando Alonso va Mark Uebber o‘rtasida sodir bo‘lgan. O‘shanda Vettel g‘alaba qozongan va eng yosh jahon chempioniga aylangan edi.

Image

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!