Asosiy mazmunga oʻtish

Formula-1 va FIA Yaqin Sharqdagi vaziyat fonida bayonot berdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Bu Bahrayn va Saudiya Arabistoni Gran-prisining o‘tkazilishiga ta’sir qilishi mumkin

Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) va Formula-1 rahbariyati Yaqin Sharqdagi mojaroning kuchayishini diqqat bilan kuzatib bormoqda, bu esa Bahrayn va Saudiya Arabistoni Gran-prisining o‘tkazilishiga ta’sir qilishi mumkin.

"Bizning keyingi uchta poygamiz Avstraliya, Xitoy va Yaponiyada, Yaqin Sharqda emas. Bu bosqichlarga hali bir necha hafta bor. Biz har doimgidek bunday vaziyatlarni diqqat bilan kuzatib boramiz va tegishli organlar bilan yaqin hamkorlik qilamiz", - deya Formula-1 rahbariyati bayonotidan iqtibos keltiradi PlanetF1 nashri.

Ko‘plab jamoa a’zolari mintaqa orqali tranzitdan qochish uchun mavsumni ochish uchun Melburnga muqobil parvoz yo‘nalishlarini izlamoqdalar. Odatda Evropadan Avstraliyaga reyslar Doha, Dubay yoki Abu-Dabi orqali amalga oshiriladi.

Bu "Formula-1"ning mintaqadagi mojarolar oqibatlariga duch kelishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. 2022 yilda Saudiya Arabistoni Gran-prisi paytida Jiddadagi trassa yaqinidagi “Aramco” obyektiga raketa hujumi uyushtirildi, biroq poyga mahalliy xavfsizlik xizmatlarining kafolatidan so‘ng jadval bo‘yicha o‘tdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q