
FOTO. Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha ayollar o‘rtasida Jahon kubogi bo‘lib o‘tmoqda
Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha ayollar o‘rtasida Jahon kubogining navbatdagi bosqichi boshlandi. Jahon reytingi uchun qimmatli ochkolar taqdim qiladigan musobaqada Italiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Gretsiya, Ozarbayjon, AQSh, Germaniya, Vengriya kabi dunyoning 20 davlatidan 158 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
Bahslarda Zaynab Dayibekova, Paola Pliego etakchiligidagi terma jamoamizning 19 nafar vakili qatnashyapti. Reglamentga ko‘ra, bugun dastlab guruh bosqichi, so‘ng 1/128 va 1/64 final doirasidagi janglar o‘tkaziladi.










Fikrlar